IIV abituriyentlarning ota-onalarini ogohlantirdi

Jamiyat

image

Bu yilgi test sinovlari paytida abituriyentlarning ota-onalar va ularning yaqinlari uchun alohida kutish joylari tashkil qilinmaydi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov ma’lum qildi.

“Ota-onalar va yaqinlar uchun alohida kutish joylari tashkil qilinmaydi. Test o‘tkaziladigan joylarga olib keluvchi avtomobil yo‘llari kamida 1,5 km radius masofada beton to‘siqlar yoki yuk avtotrasporti bilan to‘siladi. Ushbu hududlarda harakatlanish vaqtincha cheklanadi. Fuqarolarni va avtotransport vositalarini to‘planishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bularning barchasi zaruriy xavfsizlik choralari bo‘lib, ularning bajarilishi qat’iy nazoratga olinadi”, dedi Shohrux G‘iyosov 

Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 30 avgust kunidan boshlab, test hujjatlari Davlat feld’egerlik xizmatining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda belgilangan manzillargacha patrul avtomashinalari yordamida, zaruriy maxsus vositalar bilan ta’minlangan ichki ishlar organi xodimlari tomonidan kuzatib boriladi. 

Sinovga kelgan har bir abituriyent tekshiruvdan o‘tkaziladi. Shuning uchun abituriyentlar faqatgina shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kerak. Ularga suv, qalam, tegishli jihozlar, tibbiy niqob bilan ta’minlanadilar. 

Abituriyentlardan test topshirish joylariga kamida 1 soat oldin kelishlari talab etiladi. Hozirda mahalliy xokimliklar tomonidan abituriyentlar uchun alohida avtobuslarni tashkil etish masalasi ko‘rilmoqda. Natijasi yuzasidan qo‘shimcha ravishda axborot beriladi, deyiladi matbuot kotibining so‘zlarida.

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi test sinovlari stadionlarda bir kunda ikki smenadan o‘tkaziladi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

216

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing