IIBB Toshkentdagi bezorilar to‘qnashuviga izoh berdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Shahar bedarvozami. Kim bo‘ldi bular bemalol o‘zgalarni joniga tahdid qilishmoqda” deb nomlangan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 31 oktyabr kuni taxminan soat 22:00 larda Bog‘ishamol ko‘chasida bir nechta fuqaro o‘rtasida janjal yuz bergan. Xususan, 30 yoshli J.I. va uning tanishlari 30 yoshli M.X., 39 yoshli J.A., 24 yoshli U.R., 37 yoshli X.A., 27 yoshli X.S., 30 yoshli U.D. o‘zaro janjallashgan. Natijada gumonlanuvchilardan biri 30 yoshli J.I. qochmoqchi bo‘lgan Chevrolet Equinox rusumli avtomobilga zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

995

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing