IIBB Toshkentda erkak o‘quvchi qizni “tupik”ka olganiga munosabat bildirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Maktabdan qaytayotgan o‘quvchi qizni noma’lum erkak kishi “tupik”ka olishga uringani xabar va kuzatuv kameralari orqali tushirilgan video tarqaldi. Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, ushbu holat joriy yilning 10 noyabr kuni soat 15:00 da Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Mazkur fakt bo‘yicha Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovoldi tekshiruvlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijalariga ko‘ra qonuniy chora ko‘riladi. Ushbu holat Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1323

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing