IIBB va MG xodimlari qizni asfaltda nega sudradi?
Jamiyat
−
25 noyabr 2019
11797Ijtimoy tarmoqlarda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari qatnov yo‘ldan bir qizni kuch bilan olib ketayotganlari aks etgan video tarqaldi. Qiz ilgari fohishalik bilan shug‘ullanganligi uchun 18 marta ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
25 yoshli qiz mast holda ko‘chada yurgan bo‘lgan
Ma’lum qilinishicha, mazkur hodisa Mirobod tumanida 22 noyabr kuni taxminan soat 01:45da sodir bo‘lgan. Xizmat vazifasini olib borayotgan Toshkent IIBB PPX xodimlari Shahrisabz ko‘chasida 25 yoshli mast F.S.ni ko‘rib qolgan.
PPX xodimi qizni avtomobil yo‘lidan olib ketdi
Xodimning yaqinlashib kelayotganini ko‘rgan F.S. yo‘lning qatnov qismiga yotib olgan va transport vositalari harakatiga xalaqit bergan. Qiz o‘rnidan turish va qatnov yo‘ldan ketishdan qat’iy ravishda rad javobi berganligi bois PPX va Milliy gvardiya xodimlari qizni yo‘lning o‘rtasidan olib ketishga majbur bo‘lishgan.
Qiz avval ham javobgarlikka tortilgan
Aniqlik kiritilishicha, qiz ilgari 18 marta Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi (Fohishalik bilan shug‘ullanish) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi