O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 25 mingdan oshdi
Jamiyat
−
12 avgust 2020
11861Bugun, 12 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 250 nafarga oshib jami bemorlar soni 32 465 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 109 nafari Toshkent viloyatida;
• 108 nafari Toshkent shahrida;
• 26 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 7 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ushbu kasallikdan Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli A.A. (erkak) hamda Mirobod tumanida yashagan 67 yoshli E.P. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati bugun O‘zbekistonning 6 ta hududida koronavirus infeksiyasidan 1 016 nafar bemor sog‘aydi.
Vazirlikning xabariga ko‘ra:
• Toshkent shahrida 720 nafar;
• Toshkent viloyatida 215 nafar;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 47 nafar;
• Andijon viloyatida 14 nafar;
• Namangan viloyatida 14 nafar;
• Navoiy viloyatida 6 nafar bemor kasallikdan butkul forig‘ bo‘lgan.
Endilikda Respublikda 25 106 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil qilmoqda. Hozirda mamlakatda 7 149 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda ushbu virusga chalingan bemorlar soni 232 nafarga oshib, jami bemorlar soni 32 215 nafarga yetgan.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi