IIBB xodimlari bolali ayolni sudrayotgani aks etgan video yuzasidan izoh berildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ichki ishlar xodimlari bolali ayolga vahshiylarcha kuch ishlatdi” sarlavhasi ostida video tarqalgandi. Toshkent shahar IIBB mazkur holatga munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, kecha, 16 iyun kuni soat 10:30 atrofida Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari Erjan Jiyanbekov va katta serjant Mansur Oripov tilanchilik bilan shug‘ullanib, fuqarolarning rahmini keltirish maqsadida go‘daklardan foydalanayotgan bir nechta ayollarni ko‘rib qolgan. Shu bilan birga, ayollar o‘zlarini va farzandlarini hayotlarini jiddiy xavf-xatarga qo‘yib, avtomobil harakati yo‘liga chiqishgan.

Fuqarolarning shaxslarini aniqlash uchun ular ichki ishlar bo‘limiga taklif qilingan, ammo ulardan biri javobgarlikdan qochish uchun baqirishga, qarshilik ko‘rsatishga kirishib, atrofdagilarning e’tiborini jalb qilishga harakat qilgan.

“Ijtimoiy tarmoqda tarqatilayotgan videoda holat to‘liq ko‘rsatilmasdan, balandparvoz sarlavha qo‘yilgan, xolos. Bu orqali huquqni muhofaza qilish organlarining tilanchilik bilan shug‘ullanadigan odamlarning “qurollariga” aylangan voyaga yetmaganlarni himoya qilish yo‘nalishidagi faoliyatlari haqida noto‘g‘ri tasavvur hosil bo‘lishi mumkin”, deyiladi IIBB xabarida.

O‘rganish davomida videodagi ayol M.X. ekanligi, u bilan bir necha bor profilaktik suhbatlar o‘tkazilganligi aniqlangan. Fuqaro ilgari ham tilanchilik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilganligi haqida ogohlantirilgan. Suhbatlar davomida unga bir necha bor ishga joylashishda yordam taklif qilingan, ammo u halol mehnat qilishning o‘rniga jazirama issiqda farzandini qiynab tilanchilik qilish yo‘lini tanlagan.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

311

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing