IIB Namangandagi tartibsizlik bo‘yicha bayonot berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi futbol bahsidan so‘ng kelib chiqqan norozilik harakatlari haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB Axborot xizmati Namangan shahar “Navbahor” o‘yingohida “Navbahor” va “Paxtakor“ futbol klublari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Joriy yilning 7 aprel kuni Namangan shahar “Navbahor” o‘yingohida “Navbahor” va “Paxtakor“ futbol jamoalari o‘rtasida 5-davra uchrashuvi soat 18:30 da boshlanib, soat 20:25 da (qo‘shib berilgan vaqt hisobiga) tugagan. O‘yingohga jami 15 800 nafardan ortiq muxlislar tashrif buyurgan.

Qayd etilishicha, o‘yinning so‘nggi 89-daqiqasida VAR tizimi orqali “Navbahor” futbol jamoasi darvozasiga 11 metrlik penalti belgilanib, match 1:2 hisobida “Paxtakor” futbol jamoasi g‘alabasi bilan yakunlangan. Bu esa  “Markaziy” o‘yingohga to‘plangan futbol ishqibozlarining keskin e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

O‘yin yakunlangach, e’tiroz bildirayotgan tomoshabinlarga tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilib, ularni tarqatish choralari ko‘rilgan.

Hakam, mehmon o‘yinchilar va “Paxtakor” fan klubining 35 nafar a’zosi nazorat ostida Namangan shahridan kuzatib qo‘yilgan.

Mazkur uchrashuv davomida jamoat tartibi to‘liq saqlanib, fuqarolar orasida hech qanday talafot yoki tan jarohat olish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.

Tomoshabinlar orasida faol e’tiroz bildirib, boshqalarga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lgan 2 nafar futbol ishqibozi ajratib olinib, Davlatobod tuman IIBga olib kelingan hamda shaxsiga aniqlik kiritilib, tushuntirish ishlari olib borilgan.

Xabarga ko‘ra, holat bo‘yicha hozirda 6 nafar fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi, 1 nafar fuqaro esa 183 va 194-moddalari bo‘yicha javobgarlikka tortildi.

Xizmat mobaynida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan huquqni muhofaza qiluvchi barcha idoralar shaxsiy tarkibi orasida hech qanday tan jarohat olish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.

Mutasaddi idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, vaziyat o‘rganilmoqda.

Bokirxon Qosimxonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

638

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing