IIB xodimi “zapravka”da navbatda turgan fuqarolarni kaltakladi (video)
3-sahifa
−
20 yanvar 2023
15439Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda ichki ishlar organi xodimi fuqaroga kuch ishlatayotgani tasvirlangan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy izoh berdi.
Kecha, 19 yanvar kuni Asaka tumanida “EVRO METAN” avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida navbatda turgan haydovchilar navbat talashib, janjallashgan va jamoat tartibini buzgan.
Shu yerga jamoat tartibini saqlash uchun biriktirilgan Ichki ishlar boshqarmasi Patrul-post xizmati xodimi R.M. kelib, janjalni bartaraf etish maqsadida fuqarolarni tinchlantirishga harakat qilmoqchi bo‘lgan. Janjal sababchilari 2004 yilda tug‘ilgan O.R. va uning akasi O.J.lar xodimga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatib, unga qarshilik ko‘rsatgan.
Hodisa joyida jamoat tartibi tiklanib, tartibbuzarlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgan holda tuman IIBga olib kelingan. Ular bilan tegishli tartibda profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
“Holat yuzasidan voqea ishtirokchilarining, shu jumladan, Ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi