IIB xodimlari fuqaroni yechintirib, tahqirlagani rostmi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi internet tarmog‘ida tarqalgan “G‘allaorollik yigit IIB xodimlari uni tahqirlashganini bildirdi” sarlavhasi bilan tarqatilgan maqola yuzasilan surishtiruv o‘tkazib, unda aytilgan faktlar o‘z tasdig‘ini topmaganini ma’lum qildi. 

Vazirlikning rasmiy bayonotida ma’lum qilinishicha, surishtiruv ishlari natijasida qyidagilar aniqlangan:

2019 yil 14 fevral kuni Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan KIA-VONGO rusumli 10 L 141 LA davlat raqam belgili avtomashinasida 1000 litr yoqilg‘i (benzin)  mahsulotini Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida yashovchi Akmal Ablakimov tomonidan hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlanib, hujjatlashtirilgan.

To‘plangan hujjatlar 2019 yil 15 fevral kuni Ishtixon tumani IIB tomonidan tegishliligi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilishlik uchun Ishtixon tumani Davlat soliq inspeksiyasiga yuborilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarga Akmal Ablakimov tan jarohati olgani yuzasidan berilgan xabarga javoban, Ishtixon tumani Tibbiyot birlashmasining 2019 yil 14 fevral kunidagi ma’lumotnomasida Akmal Ablakimovning tashqi jarohat belgilari aniqlanmaganligi ko‘rsatilgan.

Fuqaro Akmal Ablakimov bilan o‘tkazilgan suhbat davomida, 2019 yil 14 fevral kuni soat 14:00 larda ishonchnoma orqali boshqarib yuradigan KIA-BONGO rusumli, 10 L 141 LA davlat belgili avtomashinasini boshqarib, Ishtixon shahridagi “Lazizjon” to‘y marosimlarini o‘tkazish maskani qarama-qarshisida joylashgan avtomashinalarga yoqilg‘i quyish shahobchasiga kelganligini, avtomashina yuk xonasida bo‘lgan bir tonnalik yelim idishga bir tonna benzin yoqilg‘isini to‘rt million so‘mga sotib olganligini, so‘ngra Ishtixon tumanning markaziy ko‘chasi bilan Qo‘shrabod tumaniga ketayotgan vaqtida yo‘lda ikki nafar YHXB xodimlari to‘xtatganligini, xodimlarga barcha hujjatlarni taqdim qilganligini, xodimlar transport vositasini yukxonasini ko‘zdan kechirganligini, xodimlarga benzin yoqilg‘isi borligini aytganligini, xodimlar avtomashinani A.Ablakimov bilan Ishtixon tuman IIBga olib kelishganligini, A.Ablakimov Ishtixon tumani prokuraturasiga tuman IIB xodimlarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, murojaat qilganligini ma’lum qilgan. 

Internet tarmog‘ida bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan xabar e’lon qilinganligini Ishtixon tuman prokuraturasiga kelib eshitganligini, o‘zi internet tarmog‘iga bu ma’lumotlarni joylashtirmaganligini va kim bu ma’lumotlarni joylashtirganidan xabari yo‘qligini, u tuman IIBda bo‘lgan vaqtida xodimlar uni ko‘rsatma berishga majburlamaganligini, hech kim yalong‘och qilmaganligini, videotasvirga olmaganligini, sha’ni va qadr qimmatini kamsitmaganligini ham ta’kidlagan.

Hozirgi kunda yuqoridagi holatni mukammal o‘rganish maqsadida tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

IIV G'allaorol

Baholaganlar

202

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing