IIB “Dindorlarga qarshi qatag‘on Namangan viloyatida davom etadi” nomli xabarga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh ro‘mol o‘ragan o‘quvchi qizlar Ichki ishlar organlari xodimasi qarshisi tik turgani aks etgan surat tarqaldi. Oradan ko‘p o‘tmay ushbu suratlarga mos ravishda “Dindorlarga qarshi qatag‘on Namangan viloyatida davom etadi” nomli xabar tarqatildi. Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mazkur surat va maqolaga nisbatan munosabat bildirdi. 

IIBning qayd etishicha, joriy yilning 8 aprel kuni Yangiqo‘rg‘on tumanidagi XTBga qarashli 10-sonli maktab tomonidan tuman IIBga aloqa xati yuborilgan. Unda maktabda avvaliga 5 nafar, oxirgi kunlarda 10 nafar qizlar belgilangan tartibdagi maktab formasini kiyib yurish qoidalariga rioya qilmayotgani, ularga bir necha marotaba maktab formasida, lozim bo‘lsa, oddiy ro‘mol o‘rab kelishlari to‘g‘risida tushuntish berilgani, biroq ota-onalar ham, qizlar ham maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilmayotgani bayon qilingan.

IIBga ko‘ra, tuman IIB HPB XQMB katta inspektori tomonidan 10 aprel kuni ushbu maktabda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish maqsadida 9-10-11-sinflar o‘rtasida jinoyat sodir etilishini oldini olish yuzasidan muhokama yig‘ilishi tashkil etilgan.

Muhokama davomida aloqa xatida ko‘rsatilgan qizlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgust kungi 666-sonli Qarorida“Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan nizomning 3-bobi (“Ta’lim muassasasi o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash va ularga qo‘yilgan talablar”)ga asosan, O‘zbekistonda aholi turli millat va diniy konfessiyalar vakillaridan iboratligi hamda majburiy umumiy o‘rta ta’lim dunyoviy xarakterga egaligi munosabati bilan o‘quvchilarning maktab formasiga turli din konfessiyalari hamda submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo‘shishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida tushuntirilgan.

“Suhbat yakunida o‘quvchi qizlarga ro‘mol o‘rashlari mumkinligi, biroq maktabga belgilangan tartibda kiyinib kelishlari tushuntirib o‘tilgan”, deyiladi Namangan viloyati IIB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing