II va DXX xodimlari navoiylik fuqaroni 1,7 kg giyohvand modda bilan qo‘lga oldi
3-sahifa
−
13 aprel 2021
4203Navoiy viloyati Zarafshon shahar Ichki ishlar boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Zarafshon shahar boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 39 yoshli fuqaro 1,7 kg giyohvand modda bilan qo‘lga tushdi.
Qayd etilishicha, xatirchilik 39 yoshli fuqaro marixuanna giyohvandlik vositasini pullayotgan paytda Zarafshon shahar Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda shahar Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat tergov bo‘limlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Jinoyatchi giyohvand moddani boshqa bir shaxsga 2 mln 800 ming so‘mga sotish uchun savdo qilgan. Uning rejasi esa amalga oshmasdan o‘z vaqtida to‘xtatilgan.
Ekspertning xulosasiga ko‘ra, giyohvandlik vositasining sof og‘irligi 38,490 grammni tashkil etgan. Shuningdek, uning egnidagi kurtka cho‘ntagidan 1,692 gramm narkotik modda bo‘lgan.
Tergov surishtiruv ishlari davomida xuddi shunday giyohvand moddalar jinoyatchining yashash uyi omborida ham turli ko‘rinishlarda saqlanayotgani aniqlangan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof vazni 229,76 grammni tashkil etgan marixuanna giyohvand vositasi xolislar tomonidan rasmiylashtirilgan va daliliy ashyo sifatida olingan.
Fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Orzugul Karimova
LiveBarchasi