II Xalqaro moliya-bank forumida Turonbank 2 ta shartnoma imzoladi
Biznes
−
27 noyabr 2021
4919Xabaringiz bor, poytaxtimizda MDHga a’zo davlatlarning II Xalqaro moliya-bank forumi bo‘lib o‘tdi. Unda investitsiya-kredit, sug‘urta va qayta sug‘urtalash, lizing, kapital bozori, birja faoliyati singari muhim yo‘nalishlarda qator xalqaro konferensiyalar, ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazildi.
Forum doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator kelishuvlar ham imzolandi.
Xususan, “Turonbank” ATB "Toshkent viloyatida Pskem GES qurilishi" loyihasi bo‘yicha “VEB.RF” Davlat taraqqiyot korporatsiyasi bilan umumiy qiymati 63,8 mln. yevro miqdoridagi o‘ta muhim investitsion bitimni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab – quvvatlash yo‘nalishi bo‘yicha "Transkapitalbank" OAJ banki bilan 10 mln. AQSH dollarlik shartnomani imzoladi.
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi