Iguain tarixdagi eng zo‘r klubni aytdi

Sport

image

Argentina terma jamoasi va “Real Madird”ning sobiq hujumchisi Gonsalo Iguain “Qirollik” klubini tarixdagi eng yaxshi jamoa deb atadi. U bu haqda “La Nasion” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“Real Madrid” tarixdagi eng yaxshi klubdir. U Chempionlar ligasida 14 ta g‘alabaga erishdi, bu rekord. 19 yoshimda klubga kirib, 26 yoshgacha ular safida o‘ynash men uchun jannatdek bo‘ldi. “Real Madrid”dan kattaroq klub yo‘q”, degan Iguain.

Ma’lumot uchun, Gonsalo Iguain Madrid klubida 2007 yildan 2013 yilgacha o‘ynagan. Bu vaqt mobaynida, Gansalo "los blankos" safida 190 o‘yinda maydonga tushib, 107 ta gol urgan. 2013 yili argentinalik hujmchi "Real"ni tark etib, Italiyaning  "Napoli" klubiga ko‘chib o‘tgan.

Ma’ruf Abdumalikov

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing