ID-karta rasmiylashtirishning yangi sxemasi tasdiqlandi
Jamiyat
−
13 Sentabr 2021
9987O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10 sentyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
U bilan quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
birinchidan, Prezidentning 2.12.2016 yildagi PF-4861-son Farmonning 5-bandida 55 yoshga to‘lgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga O‘zbekistonga keluvchi XXR (turistlar guruhlari tarkibida), AQSH va Vetnamning fuqarolari uchun 50 dollar miqdorida yig‘im bekor qilindi.
ikkinchidan, Prezidentning 22.09.2020 yildagi PF-6065-son Farmoniga 1, 2-ilovalar 201 va 211-bandlar bilan to‘ldirildi, ularga asosan 16 yoshga to‘lgan fuqarolarga identifikatsiya ID-kartalari berilganda ular bir vaqtning o‘zida soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchi sifatida hamda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yiladi. Fuqaroning biografik ma’lumotlari o‘zgarishi munosabati bilan ID-karta almashtirilganda bu haqidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida DSQ va AT "Xalq banki"ga taqdim etib boriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish sxemalarining yangi tahriri tasdiqlandi.
Uchinchidan, Konsullik yig‘imlari tarifida (Prezidentning 24.12.2013 yildagi PQ-2095-son qarori bilan tasdiqlangan):
a) 4-moddasining izohi xatboshi bilan to‘lirildi, unga muvofiq O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 1 yil muddatgacha ko‘p martalik vizani rasmiylashtirish uchun konsullik yig‘imi $175 miqdorida undiriladi, basharti O‘zbekistonning xalqaro shartnomalarida o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, shu jumladan paritet prinsipi qo‘llanilgan holda;
b) 12-moddaning “Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan transport vositalarini boshqarish huquqi uchun ishonchnomani tasdiqlash uchun” ustunida yig‘im miqdori belgilangan:
• erga (xotinga), ota-onaga, bolalarga va nabiralarga belgilangan stavkaning 5 foizi;
• aka-ukalar hamda opa-singillarga belgilangan stavkaning 15%i.
To‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (Prezidentning 26.12.2018 yildagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan) 17-bandi xatboshi bilan to‘ldirildi, unga muvofiq fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish yuzasidan ariza-anketani YAIDXP orqali elektron tarzda yuborishlari mumkin. Bunda, ariza-anketani elektron raqamli imzo yoki shaxsni identifikatsiyalashning boshqa vositalari bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
LiveBarchasi