Ichki ishlar vazirligi tizimida 9 ta tayinlov amalga oshirildi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda bugun, 20 sentyabr kuni vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi

katta leytenant
Turaxanova Nilufar Yusupovna

Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Media markaz boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar N.Turaxanova IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi, Mass-media bilan ishlash guruhining muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

polkovnik
Mirsadikov Dilmurod Mirxamdamovich

Toshkent shaxar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari – IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar D.Mirsadikov Toshkent shaxar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

podpolkovnik
Raxmatullayev G‘ayratjon Toshxujayevich

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar G‘.Raxmatullayev Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

podpolkovnik
Xujakulov Oybek Aloxonovich

Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar O.Xujakulov Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

podpolkovnik
Ibragimov Sherzod Shokirovich

Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sh.Ibragimov Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

podpolkovnik
Mavlonov Umidjon esonkulo

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar U.Mavlonov Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

podpolkovnik
Turdibayev Omirbay Keulimjayevich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Xo‘jayli tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar O.Turdibayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

podpolkovnik
Yaxyoyev elyor Baxtiyorovich

Navoiy viloyati IIB Zarafshon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar e.Yaxyoyev Navoiy viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

mayor
Allamurotov Sherxon Yo‘lliyevich

Surxondaryo viloyati IIB Jarqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sh.Allamurotov Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-o‘zgalar mulkini talon-taroj qilishga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

676

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing