Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining Nukus filiali tashkil etiladi

Jamiyat

image

“Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Ichki ishlar vazirlgi Akademiyasining Nukus filiali tashkil etiladi.

Filialda to‘laqonli o‘quv jarayoni Akademiyaning bakalavriati bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi.

Filialda ta’lim olgan bitiruvchilarga Akademiya bitiruvchilari uchun nazarda tutilgan diplom beriladi.

Filialda o‘qish uchun nomzodlar dastlabki bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, keyinchalik respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi shaxslar orasidan tanlab olinadi.

Filialga o‘qishga qabul qilish kvotasi Akademiyaga umumiy qabul kvotasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati ichki ishlar organlarining ehtiyojini inobatga olgan holda belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

86

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing