Ichki ishlar vaziriga yangi Matbuot kotibi tayinlandi
Jamiyat
−
10 Oktabr 2019
5586O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi. Unga ko‘ra, polkovnik Shohrux Kamalitdinovich Giyasov endilikda Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i – Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi o‘laroq faoliyat yuritadi.
Shohrux Giyasov ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 1996 yildan boshlab, shu kunga qadar turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga (PhD) ega.
LiveBarchasi