Ichki ishlar vaziriga yana bir o‘rinbosar lavozimi joriy qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 12 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, ichki ishlar idoralarining barcha bo‘g‘inida qog‘ozbozlik va byurokratiyani keskin kamaytirib, ish yuritishni raqamlashtirish vazifasi qo‘yilgan. Shu maqsadda Ichki ishlar vazirligida axborot texnologiyalari bo‘yicha alohida vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etilgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, soha uchun professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish, profilaktika inspektorlari va tergovchilarning bilimini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

698

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing