3 oylik chaqalog‘ini 400 dollarga pullayotgan ona qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida uch oylik farzandini 400 AQSH dollariga pullayotgan ona qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Voqea joriy yilning 3 yanvar kuni sodir bo‘lgan. IIV Transportda XTBB xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi “Ohangaron” temiryo‘l bekati oldida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Ohangaron tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz G.I. o‘zining uch oylik chaqalog‘i V.I.ni 400 AQSH dollari evaziga “xaridor”ga sotayotgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlandi.

Hozirgi kunda V.I. Ohangaron shahar bolalar shifoxonasiga topshirilgan.

G.I.ga nisbatan Toshkent mintaqasi temiryo‘l transportida XTB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing