Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunining 131-moddasi birinchi qismida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari har chorakda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida hisobot taqdim etishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining 6-bandi ikkinchi xatboshisida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari majlislarida hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining o‘rinbosarlari – jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari tomonidan har chorakda jamoat xavfsizligi yuzasidan hisobot berish tartibi joriy etilishi belgilangan.

Shu bois, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunning 131-moddasi birinchi qismiga tegishli o‘zgartish kiritgan holda qonunning qolgan moddalaridagi atamalar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilmoqda.

Qonun loyihasini qabul qilinishi jamoat xavfsizligi yo‘nalishida ko‘rilayotgan choralarning natijalari tanqidiy muhokama qilib borilishiga, ish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishiga, ayrim atamalarning to‘g‘ri qo‘llanilishiga xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

407

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made