“Ichkaridagi ishlar”. Qamoqxonadagi ayrim mahkumlar nega o‘ladi, yo o‘ldiriladimi?

Tahlil

Joriy yilning 9 oktyabr kuni Navoiy shahar beshinchi mintaqaviy hudud 4-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkum vahshiylarcha o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu xabarlar keng jamoatchilir orasida muhokamalarga sabab bo‘lgach, Navoiy viloyat prokuraturasi tezkorlik bilan holatga munosabat bildirib, mahkum o‘ldirilmagani, aksincha, o‘z joniga qasd qilganini aytib chiqdi.

IIV, Navoiy viloyat prokuraturasi, shuningdek, Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, mahkum Oyatullo Rahmatullo o‘g‘li Maxsumov joriy yilning 7 oktyabr kuni soat taxminan 01:35 larda koloniya intizomiy bo‘linmasining 2-hujrasida o‘zining kiyimidan arqon yasab, yotish uchun mo‘ljallangan o‘rin joyidagi krovat temiriga o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan.

QALAMPIR.UZ mazkur masala yuzasidan surishtiruv o‘tkazdi. Xo‘sh, Oyatullo Maxsumov o‘z joniga qasd qilganmi? Marhumning yaqinlari qanday fikrda?
Nima uchun O‘zbekiston turmalarida ba’zan mahkumlar o‘zini o‘ldiradi? Yoki ularni o‘ldirishadimi? O‘zbekistondagi qamoqxonalarda qiynoqlar haligacha davom etyaptimi?

Biz mazkur savollarga javob olish uchun marhum Oyatullo Maxsumovning yaqinlari, oila a’zolaridan, xalq vakili bo‘lgan deputat Jahongir Jiyanov, Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanovdan hamda Navoiydagi turmalarda jazo o‘tagan va hozir ozodlikka chiqqan insonlar bilan suhbatlashdik.

To‘plangan materiallar va aytilgan fikrlar, boshdan o‘tgan voqealar haqidagi “Ichkaridagi ishlar” maxsus filmini ertaga, 29 oktyabr kuni soat 21:00 da QALAMPIR.UZ’ning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ichkaridagi ishlar

Baholaganlar

231

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar