Ichimlik suvi uchun ajratilgan 700 mln so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyatida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilgan MCHJ rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “S.” hamda “Ye” MCHJlar tomonidan “Suvoqova” DUK Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi bilan aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan tuzilgan pudrat shartnomasiga asosan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuzilgan hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali “S.” MCHJ tomonidan 489 mln so‘m, “Ye” MCHJ tomonidan 233 mln so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan “S.” va “Ye” MCHJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing