Ichak saratoni xavfini ikki barobar oshiradigan ichimliklar ma’lum qilindi 

Salomatlik

image

Sharbatlar, gazli ichimliklar va energetiklar erta yo‘g‘on ichak saratoni xavfini ikki barobar oshiradi. Bu haqda onkolog Yelena Smirnova Vashington universiteti shifokorlarining tadqiqotiga asoslanib xabar bergan. 

Qayd etilishicha, 14 yillik tajribada 95 ming ayol ishtirok etgan. Kuniga yarim litrdan ko‘p shirin ichimliklar iste’mol qiladigan katta yoshlilarda yo‘g‘on ichak saratoni ikki baravar ko‘p uchragan. O‘smirlarda xavf darajasi uchdan bir qismga oshgan hamda u xavf katta yoshda sharbatlar va gazli ichimliklar ratsiondan chiqarib tashlansa ham kamaymagan. 

“Aniq sabablar hali ma’lum emas, balki gap ichakdagi xavfli bakteriyalar shtammlarining ko‘payishi, semizlik va ichak devorida yallig‘lanishning rivojlanishi bilan bog‘liqdir”, degan shifokor. 

Mutaxassis so‘zi oxirida tarkibida shakar ko‘p bo‘lgan kompot ham ichak uchun xavfli hisoblanishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

ichak saratoni

Baholaganlar

912

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar