Hyundai Tucson krossoverining yangilangan versiyasini namoyish etdi

Texnologiya

image

Koreyaning Hyundai kompaniyasi Tucson krossoverining yangilangan versiyasi tasvirini e’lon qildi. 

Yangilikning odatiy Tucson krossoveridan farqlari shundaki, uning old bamperi o‘zgartirilgan, radiator panjarasi xrom bilan ishlangan. Shuningdek, mashinaning g‘ildiraklari ham qayta ishlangan. 

Kompaniyaning ta’kidlashicha, yangi model uchun o‘ziga xos uskunalar va har qanday did uchun rang tanlovi taklif etiladi. 

Tucson krossoverining yangilangan versiyasi 2021 yilning bahorida AQSHda sotuvga chiqariladi.

Modelning boshqa bozorlarda paydo bo‘lishi, shuningdek, narxi haqida ham hozircha xabar berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

HYUNDAI

Baholaganlar

170

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar