Hyundai Mighty endi O‘zbekistonda: haydovchilar uchun qulaylik va xavfsizlik
Biznes
−
15 may
5303Janubiy Koreyaning avtomobil giganti Hyundai ishonchli va qulay avtomobillarni yaratishga intilishi bilan mashhurdir. Hyundai Truck & Bus kompaniyasining haydovchi sog‘lig‘i va yuklarning xavfsizligini ta’minlashdagi g‘amxo‘rligini namoyish etuvchi Mighty yangi yuk avtomobili modeli O‘zbekistonga yetib keldi. Hyundai Truck & Bus avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi hisoblanadi.
Hyundai Mighty’ning asosiy afzalliklari – bu yuqori darajadagi ergonomiklik va qulaylik, shuningdek, turli tijorat vazifalarini bajarish uchun katta imkoniyatlardir. Bu zamonaviy, manyovrli, keng va puxta loyihalashtirilgan avtomobil bo‘lib, uning har bir detali Hyundai kompaniyasining innovatsiyalar va yuqori sifatga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.
Hozirda xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan O‘zbekistondagi birinchi avtomobil zavodi bo‘lgan ADM Jizzakh zavodi hududida o‘ta uzun g‘ildirak bazasiga ega – 4200 mm bo‘lgan, shassisining umumiy uzunligi esa 7370 mm.ni tashkil etuvchi Mighty’larni yig‘ish yo‘lga qo‘yildi. Minimal yo‘l sathidan balandligi 220 mm.ni tashkil etadi.
Hyundai Mighty’ning ushbu modifikatsiyasining ruhsat etilgan to‘liq vazni – 7800 kg. Jihozlangan vazni 2685 kilogramdan boshlanadi, yuk ko‘tarish qobiliyati esa 5115 kilogramgacha yetishi mumkin (aniq parametrlar komplektatsiyasiga bog‘liq).
Asosiy xususiyatlardan biri bu uzun xizmat muddatini va yuqori yuk ko‘tarish qobiliyatini ta’minlaydigan qattiq va mustahkam zinapoyasimon konstruksiyali ramasidir. Ramaning profili yuqori chidamli termo uslubda ishlangan SPGH540 po‘latdan tayyorlangan va uni buralish va egilishga chidamliroq qiluvchi qo‘shimcha ko‘ndalang mahkamlagichlar bilan kuchaytirilgan.
Yuk mashinasining transmissiyasi 5-pog‘onali, trosli privodga ega M035S5 mexanik uzatmalar qutisini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, turli ustki qurilmalarni boshqarish uchun quvvatni tanlash qutisini (QTQ) o‘rnatish imkoniyati mavjud.
Hyundai Mighty kabinasining dinamik va zamonaviy dizayni, hatto bo‘yi baland va tanasi katta bo‘lgan haydovchilar va yo‘lovchilar uchun ham qulaylikni ta’minlovchi 3,5 kub metrlik keng interer bilan uyg‘unlashtirilgan.
Tashqi ortni ko‘rish ko‘zgulari katta aks ettiruvchi maydonga ega bo‘lib, haydovchiga qulay ko‘rinishni ta’minlaydi, qo‘shaloq vertikal joylashgan faralar bloki esa yo‘lning yaxshi yoritilishini va manyovr qilishda yaxshi ko‘rinishni ta’minlaydi. Povodoklarida forsunkalarga ega bo‘lgan oyna tozalagichlar old oynani yaxshiroq tozalash va oyna yuvish vositasi uchun suyuqlikni tejashga imkon beradi.
Hyundai Mighty’ning intereri turli xil yo‘l va iqlim sharoitlarida qulay haydash uchun mo‘ljallangan. Ventilyatsiya va isitish tizimi yilning istalgan faslida kabinadagi qulay haroratni ta’minlaydi, asosiy komplektatsiyasi esa konditsionerni o‘z ichiga oladi. Audiotizimi radio, AUX, USB, Bluetooth va ruldagi boshqaruv tugmalari bilan jihozlangan.
Qo‘l tayanchi va sozlanishli belga tayanchiga ega bo‘lgan, dastak-prujina podveskali haydovchi o‘rindig‘i qo‘shimcha qulaylikni ta’minlaydi. Bosh tayanchlari balandligi bo‘yicha sozlanishi mumkin, haydovchining o‘rindig‘i esa ko‘proq rivojlantirilgan yon qo‘llab-quvvatloviga ega. Bort kompyuteri funksiyasiga ega displey avtomobilning holati to‘g‘risidagi ma’lumotni aks ettiradi va texnik xizmat ko‘rsatilish zarurligi haqida xabar beradi. Audio tizim boshqaruviga ega zamonaviy multirul va ko‘p funksiyali rul osti o‘zgartiruvchilari avtomobilning turli funksiyalarini qulay boshqarilishiga imkon yaratadi.
Bort kompyuteri yonilg‘ining o‘rtacha sarfi, masofa zaxirasi, xatolar va vaqt to‘g‘risida ma’lumot berib, shuningdek, texnik xizmat ko‘rsatilishdan o‘tish zarurligini eslatib turadi. Yuqori darajadagi himoyaga ega zamonaviy kalit qo‘shimcha xavfsizlikni ta’minlaydi. Yuqori konsolda buyumlarni saqlash va taxograf, ratsiya yoki GPS-navigatorini joylashtirish mumkin.
Hyundai’ning muhandislari Mighty’ning ishonchliligi va samaradorligini oshirish uchun ancha kuch sarflagan. Ikki pog‘onali, katta hajmli, yirik zarralarni chiqarib tashlash klapaniga ega bo‘lgan, quruq turdagi havo filtri havoning tozalanishini sezilarli darajada yaxshilaydi va almashtirilish davrini uzaytiradi, bu quruq va changli iqlimda o‘ta muhimdir. Dvigatelning boshqaruv bloki kabinaning ichkarisida himoyalagichlar yonida joylashgan bo‘lib, bu uni atrof-muhitning zararli ta’siridan himoya qiladi.
Hyundai Mighty – bu ilg‘or texnologiyalar, ishonchlilik va haydovchilar uchun qulaylikni o‘z ichiga olgan yangi avlod tijorat transportidir. Uning O‘zbekiston bozoriga kirishi, shubhasiz, mintaqaviy yuk tashuvchilar uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradigan muhim voqeadir. Ishlab chiqaruvchi avtomobillar uchun 5 yil yoki 150 000 kilometrga kafolatni taqdim etadi. Hyundai Mighty xaridorlarga kuzovning turli xil variantlarida yetkaziladi: davalcheskoye shassili, metall bortli, tent bortli, to‘liq metalldan, izotermik va refrijeratorli furgonlar. Asosiy shassi narxi 499 900 000 so‘mni tashkil etadi.
Xarakteristikalar, mavjud komplektatsiyalar, narxlar hamda lizing va bo‘lib to‘lash bo‘yicha shartlar bilan hyundaitrucks.uz rasmiy saytida yoki tezkor telefon liniyasi orqali tanishish mumkin.
www.hyundaitrucks.uz | +998 55 512 11 11
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi