Hyatt Regency'dan “Obod mahalla”gacha. 2022 yilda Toshkent shahriga ajratilgan mablag‘lar qayerlarga yo‘naltiriladi?

Jamiyat

image

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarori bilan 2022 yil uchun Toshkent shahar mahalliy byudjeti tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2022 yil Toshkent shahrining byudjeti zaxira jamg‘armasi 42,9 milliard so‘mni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, 2022 yil uchun poytaxt va uning tumanlari mahalliy byudjetlari jami 6 trillion 44 milliard so‘m, shu jumladan, Toshkent shahar byudjeti 4,2 trillion so‘m, tumanlar byudjeti 1,6 trillion so‘m miqdorida tasdiqlangan.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi hamda tuman hokimliklarining Zaxira jamg‘armalari mablag‘lari shahar hamda tumanlar byudjetlarida ko‘zda tutilmagan, kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratiladi.

Toshkent shahrining iqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi quyidagicha belgilangan:

•  yalpi hududiy mahsulot (YAHM) — 120 milliard so‘m;

•  YAHM o‘sish sur’ati — 7,5 foizi;

•  sanoat mahsulotlarining o‘sish sur’ati — 6,3 foizi;

•  xizmat ko‘rsatish sohasi o‘sish sur’ati — 30,1 foizi.

Quyidagilar shahar byudjeti daromadlarining asosiy manbalari hisoblanadi:

•  yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq — 728,8 milliard so‘m;

•  aylanmadan olinadigan soliq — 586,8 milliard so‘m;

•  yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i — 567,7 milliard so‘m;

•  davlat boji — 513,9 milliard so‘m;

•  benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiyasidan soliq — 374,4 milliard so‘m;

•  jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 373,3 milliard so‘m.

2022 yilda shahar budjetining (tumanlardan tashqari) xarajatlari 4,43 trln so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda.

Xususan, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi kreditini qoplash uchun to‘lovlar davom ettiriladi. Buning uchun 2020 yilda 66,4 mlrd so‘m, 2021 yilda 71,3 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, joriy yilda 69 mlrd so‘m yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Mehmonxona qurilishiga 205 mln dollar, jumladan, Xalq bankining jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi hisobidan 100 mlrd so‘m kredit ajratilgan. Mehmonxonani xususiylashtirish rejalashtirilgan.

Pensionerlarning metropolitenda soat 10:00 dan 16:00 gacha va maksimal tariflarda (Prezidentning 2021 yil 16 oktyabrdagi PQ-5260-son qarorida nazarda tutilgan xarajatlarni hisobga olgan holda) tekin harakatlanishidan ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun 116,5 mlrd so‘m ajratiladi. 2021 yilda pensionerlar uchun bepul harakatlanishi atigi 9,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Jamoat transportining yo‘qolgan daromadlarini (transport kartalaridan foydalanish hisobiga), shuningdek, maksimal tariflar va yuklarni tashish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha yo‘qotishlarni qoplash uchun 150 mlrd so‘m (259 mlrd so‘m) ajratildi.

“Obod mahalla” dasturiga O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 500 mlrd so‘m taqsimlanishi ko‘zda tutilgan. Ushbu dasturga yana 500 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchilarning aholiga issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida ko‘rgan yo‘qotishlarini subsidiyalash uchun 732,2 mlrd so‘m yo‘naltirildi, bu 2021 yilga nisbatan 68,5 foizga ko‘pdir. Eslatib o‘tamiz, endilikda Toshkent shahridagi iste’molchilarga issiqlik ta’minoti xizmatlarining tartibga solinadigan tariflari Fransiyaning Veolia kompaniyasi taqdim etgan hisob-kitoblarga ko‘ra, xalq deputatlari shahar kengashi qarori bilan 1 mayga qadar tasdiqlanadi.

Ko‘p qavatli uylardagi liftlarni ta’mirlash va yangilash uchun 85,5 mlrd so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing