HUMO va UZCARD terminallari birlashtirildi

Jamiyat

image

HUMO va UZCARD to‘lov tizimlari joriy yildagi o‘zaro integratsiyalashuvning birinchi bosqichini yakunladi. Bu haqda Markaziy Bank Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Shu tariqa har ikkala tizim terminallarida to‘lovlarni qabul qilish amaliyoti namoyish etildi. Yaqin kelajakda kassir tomonidan har bir karta uchun turli terminallarning taklif qilinishi shart bo‘lmaydi - savdo va xizmat nuqtalari ikkala to‘lov tizimiga xizmat ko‘rsatadigan bitta apparatga ega bo‘ladi”, deyiladi MB xabarida.

Qayd etilishicha, 2021 yil 27 dekabr kuni HUMO va UZCARD to‘lov tizimlari ikkala tizim terminallarida to‘lovlarni qabul qilishni namoyish etdi. Ilgari terminallarda cheklovlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bitta terminalda ham UZCARD, ham HUMO kartalariga xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.

Bu to‘lov tizimlarining hamkorligi bozor ehtiyojlarini yanada faolroq aniqlash va zarur yechimlarni taqdim etish imkonini berishi ta’kidlangan.

Terminal har ikkala turdagi kartalarni qabul qilishni boshlashi uchun uni yangilash kerak. Yaqin vaqt ichida banklarga bunday yangilashni amalga oshirish uchun zarur ko‘rsatmalar beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

311

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing