“Humo Arena” muz saroyi yonidagi ko‘chada transport vositalari harakati yana to‘xtatiladi
Jamiyat
−
19 mart 2019 5784 1 daqiqa
Joriy yilning 21-22 mart kunlari Toshkent shahrining Beshyog‘och ko‘chasida transport vositalarining harakati to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlar va xalq sayillari o‘tkazilishi munosabati bilan 21 va 22 mart kunlari Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab avtotransport harakati to‘xtatiladi”, deyiladi hokimlik xabarida.
Shahar ma’muriyati yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Ma’lumot uchun, Beshyog‘och ko‘chasi "Humo Arena" muz saroyi qurilishi sababli avval ham transport vositalari harakati uchun yopilgandi.
Live
Barchasi