Huawei va Toshkentdagi Inha universiteti IT kadrlar tayyorlashda hamkorlik qiladi
Biznes
−
21 may 2022
49882022 yil 19 may Huawei bosh direktori va Toshkent shahridagi Inha universiteti (TIU) rektori uchrashuv o‘tkazdi va O‘zbekistonda IT kadrlarini tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash sohasida kelgusidagi hamkorlik rejalarini muhokama qilishdi. Uchrashuv davomida Huawei universitetning o‘quv markazlari va laboratoriyalari uchun planshetlarni taqdim etdi.
Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Chen Szyakay Inha universitetiga tashrif buyurdi va universitet rektori Muzaffar Jalolov bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar IT kadrlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida uzoq muddatli hamkorlikni, shuningdek, ta’lim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, amaliyot o‘tashni tashkil etish va Inha talabalarini kelgusida ishga joylashtirish rejalari va imkoniyatlarini muhokama qildi.
“Toshkent shahridagi Inha universiteti 8 yildan buyon talabchan IT kadrlarni tayyorlagan holda mamlakatning kadrlar salohiyatini rivojlantirishda ulkan asos yaratmoqda. Talabalarimiz va bitiruvchilarimiz bozorda yuqori talabga ega, shuning uchun biz yirik texnologik kompaniyalar bilan hamkorlik qilish orqali ular uchun imkoniyatlarni kengaytirish ustida doimiy ishlamoqdamiz. Biz Huawei kompaniyasi bilan do‘stona va uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatganmiz , uni yanada mustahkamlashni istaymiz”, dedi Toshkentdagi Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov .
“Hozirda O‘zbekistonda IT a’limga katta e’tibor qaratilmoqda, bu esa kompaniyamiz global faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Tadqiqot va ishlanmalarga doimiy sarmoya kiritishdan tashqari, biz Seeds for the Future kabi ta’lim loyihalarini amalga oshirish, bitiruvchilar uchun amaliyotlarni tashkil etish, eng dolzarb mavzular bo‘yicha ma’ruzalar va kurslar o‘tkazishga e’tibor qaratamiz. Huawei jamoasi safi TIUning avvalgi yillardagi bitiruvchilari bilan kengaydi va hozirgi kunda yuqori kurs talabalari bizda 3 oylik amaliyotni o‘tamoqda. Biz universitet ma’muriyati bilan hamkorlikni kuchaytirishga harakat qilamiz, shuningdek, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini aniqlaymiz”, dedi Chen Szyakay.
Uchrashuv yakunida kompaniya universitetning talabalar laboratoriyalari va o‘quv markazlarida foydalanilishi uchun, shuningdek, HarmonyOC operatsion tizimi va HMS yekotizimidagi ilovalar asosida dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini o‘rganish uchun klaviaturali Huawei Matepad 11 planshet to‘plamlarini topshirdi.
Huawei 2016 yilda Toshkentdagi Inha universiteti bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan edi . Memorandumga ko‘ra, universitetning besh nafar talabasi 2016 yildan 2020 yilgacha stipendiya to‘lash uchun grant oldi. 2020 yilda Inha talabalari birinchi marta Seeds for the Future flagman ta’lim loyihasi ishtirokchilariga aylanishdi. Joriy yil noyabr oyida O‘zbekistonda yana shu loyiha o‘tkaziladi va respublikaning barcha hududlaridan 30 nafargacha ishtirokchini o‘zida jamlaydi.
Huawei 2016 -yilda Toshkentdagi Inha universiteti bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan yedi . Memorandumga ko‘ra, SHIUning besh nafar talabasi 2016 yildan 2020 yilgacha stipendiya to‘lash uchun grant oldi. 2020 yilda SHIU talabalari birinchi marta Seeds for the Future flagman ta’lim loyihasi ishtirokchilariga aylanishdi, bu loyiha bu yil noyabr oyida yana O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi va respublikaning barcha hududlaridan 30 nafargacha ishtirokchini o‘zida jamlaydi.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi