HUAWEI nova 13: Sun’iy intellekt bilan mukammal portretlar
Biznes
−
07 aprel
2558Zamonaviy texnologiyalar shiddat bilan rivojlanar ekan, smartfon foydalanuvchilari nafaqat kuchli protsessor va yuqori unumdorlikni, balki estetik dizayn, ilg‘or kameralar hamda uzoq muddat xizmat qiluvchi quvvat tizimini o‘zida jamlagan gadjetlarni qidiradi. Siz ham yuqoridagi qulayliklarga bisyor bo‘lgan smartfon qidiryapsizmi? Siz uchun HUAWEI nova 13 seriyasi ideal yechimdir, u yangi avlod aqlli texnologiyalarini o‘zida mujassam etgan.
Sun’iy intellekt bilan yangi imkoniyatlar
HUAWEI nova 13 seriyasi – bu nafaqat zamonaviy smartfon, balki sizning shaxsiy suratkashingiz hamdir. 60 megapiksel ikki old kamera sun’iy intellekt yordamida har bir suratga mukammal aniqlik va tabiiy ranglar baxsh etadi. Yangi texnologiya tufayli endi selfilar ancha ravshan, tiniq va har doimgidan realistikroq chiqadi. Sun’iy intellekt esa har bir tasvirni tahlil qilib, eng yaxshi kadrni avtomatik ravishda tanlaydi.
Dizayn va ko‘rkamlik uyg‘unligi
Ushbu qurilma nafaqat texnologik jihatdan ilg‘or, balki har qanday uslubga mos keladigan dizaynga ham ega. Telefon korpusining materiali shunday ishlanganki, unga yorug‘lik tushganda jilvalanib ko‘rinadi. Geometrik teksturaga kelsak, u smartfonni ko‘zga yaqqol tashlanadigan gadjetga aylantiradi.
Ultra tez quvvatlanish va quvvatni tejash texnologiyasi
Zamonaviy hayot shiddat bilan kechmoqda, biz esa har doim aloqada bo‘lishni xohlaymiz. HUAWEI nova 13 seriyasi bu ehtiyojni to‘liq qondira oladi. 5000 mA*h sig‘imli batareya hamda HUAWEI SuperCharge Turbo 100 W texnologiyasi tufayli atigi 9 daqiqada 50% quvvat to‘plashi mumkin. Endi ko‘cha-ko‘yda “kimda quvvatlagich bor?” deb qidirib yurmaysiz. Smartfoningiz xizmatingizga hozir.
HUAWEI nova 13 bilan ko‘zlaringizni asrang
Ko‘plab smartfon foydalanuvchilari ko‘z charchashidan shikoyat qiladi. HUAWEI nova 13 seriyasining ekrani aynan shu muammoni bartaraf etish uchun optimizatsiya qilingan. Sun’iy intellekt asosida tasvirni tahlil qilish va yorug‘likni muvozanatlash funksiyasi tufayli ko‘zingizga yuklama kamroq tushadi, tasvir esa har doim tiniq bo‘lib qoladi.
Eng yaxshi tanlov – HUAWEI nova 13 seriyasi!
Agar siz yuqori sifatli suratlar, tezkor ishlash tizimi va zamonaviy dizaynni afzal ko‘rsangiz, HUAWEI nova 13 seriyasi aynan siz uchun! Ushbu smartfon nafaqat shaxsiy foydalanishingiz uchun, balki yaqinlaringizga ham mukammal sovg‘a bo‘la oladi.
HUAWEI nova 13 seriyasini Toshkent shahridagi Brend Shop: Afrosiyob ko‘chasi 28/14 dan, shuningdek, veb-saytimizdan xarid qilishingiz mumkin. Aytgancha, bizda muddatli to‘lov imkoniyati mavjud.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi