“Huawei” AQSHga javob qaytardi

Texnologiya

image

Xitoyning “Huawei” kompaniyasi AQSHning hatti-harakatlariga javoban ilk qadamlarini tashladi.  Kompaniyaning boshqaruv apparati o‘z xodimlariga texnologik masalalarni muhokama qilish uchun amerikaliklar bilan har qanday uchrashuv yoki aloqalarni ta’qiqladi.

Shuningdek, “Huawei” kompaniyasida ishlayotgan barcha amerikalik xodimlarning Qo‘shma shtatlarga qaytib ketishlari so‘raldi, deyiladi “Financial Times” gazetasi xabarida.

Xitoy texnogiganti savdo va texnologiya sohasida AQSHning keskin harakatlariga javob qaytaradi. May oyida AQSH savdo vazirligi kompaniyani “qora ro‘yxat”ga kiritgandi. 

Ko‘plab amerikalik texnolog va dasturchilar “Huawei” kompaniyasining Shenchjendagi ilmiy-tadqiqot markazida faoliyat yuritadi. Endilikda ushbu xodimlar ikki hafta davomida AQSHga qaytarib yuboriladi. 

“Huawei” rahbariyati rasmiy Vashingtonni texnologik dunyoni ajratishda ayblab, kompaniya  IP-manzilli josuslik va o‘g‘irlik bilan bog‘liq shubhalardan holi ekanligini ta’kidlagan. 

AQSH dunyoda texnologik yangilanishlar jarayonida Xitoy kompaniyalarining kuchayishidan manfaatdor emas. Shu boisdan AQSH doimo Xitoy gigantlarini Hukumatning IP  manzillariga kirish va axborotlarni o‘g‘irlash, xakerlik hujumlarini amalga oshirishda ayblab keladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing