Huawei kompaniyasi Jahon Mobil Kongressida GUIDE kelajak tarmog‘i modelini taqdim etdi
Biznes
−
02 mart 2022
7654Barselonada bo‘lib o‘tgan 2022-yilgi Jahon Mobil Kongressida Huawei kompaniyasi global operatorlar, sohadagi hamkorlari va yetakchi ekspertlar bilan birgalikda “Raqamli iqtisodiyot kelajagini yoritib” shiori ostida munozara o‘tkazdi va 5G sohasidagi biznes muvaffaqiyati, ekologik texnologiyalar, “ulanish+IT” rivojlanish omili, shuningdek, biznes va ijtimoiy qadriyatga alohida e’tibor qaratilgan GUIDE modeli kabi mavzularni muhokama qildi.
Jahon Mobil Kongressi maydonidagi Huawei ko‘rgazmasi o‘ziga xos “Intellektual raqamli o‘rmon” (DigiTelligent Forest) ko‘rinishida bezatilgan bo‘lib, u hozirda AKT sanoatida mavjud ulkan imkoniyatlarni namoyish etadi. Stendlarda kompaniyaning gigabitli mobil tarmoqlari, bulutli tarmoqlar uchun “tezkor liniyalari”, to‘liq optik maqsadli tarmoqlari, YeiTO raqamli va aqlli transformatsiya vositalari va barqaror rivojlanish bo‘yicha majmuaviy yechimlar kabi yeng yangi mahsulotlar va yechimlar namoyish etilgan. Huawei o‘z ko‘rgazmasi bilan mijozlar uchun qiymat yaratish va o‘zining ijtimoiy majburiyatlarini bajarish uchun innovatsion yondashuvlarga sodiqligini namoyish etadi.
Huawei kompaniyasining yaqinda taqdim etilgan GUIDE biznes loyihasi raqamli tarmoq yetkazib beruvchilariga soha bo‘yicha ko‘mak beradi va operatorlar kelgusi o‘n yilliklarda biznesda muvaffaqiyatga erishishlari uchun rivojlantirishlari kerak bo‘lgan beshta asosiy jihatni ajratib ko‘rsatadi: xizmatlar sohasini kengaytirish, samarali innovatsiyalar, resurslardan oqilona foydalanish, qiymat uchun raqobat va jamiyatning rivojlanishiga hissa qo‘shish.
Kompaniya operatorlarning ekologik xavfsiz biznesni rivojlantirish strategiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. “Yashil” saytlar, “yashil” tarmoqlar va “yashil” foydalanishni o‘z ichiga olgan “yashil” yechimlarning to‘liq spektri orqali Huawei kompamiyasi “Ko‘proq bit, kamroq vatt” tamoyili doirasida operatorlarga tarmoq uzatish imkoniyatini oshirish va har bir bit uchun quvvat sarfini kamaytirishga yordam berishga intilmoqda.
Huawei operatorlarga ilg‘or 5G tarmoqlarini keng yoyishga imkonini beradigan oddiy, ekologik va aqlli AKT infratuzilmasini yaratishga intilib, butun dunyo bo‘ylab turli operatorlar va sohadagi hamkorlari bilan hamkorlik qilmoqda. Mustaqil sinov natijalari shuni ko‘rsatadiki, Huawei kompaniyasi 13 mamlakatda, jumladan Shveysariya, Germaniya, Finlyandiya, Niderlandiya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistonida o‘z mijozlariga taqdim etayotgan 5G tarmoqlari optimal xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlamoqda.
Huawei allaqachon sanoat 5G tarmoqlarini o‘rnatish bo‘yicha 3000 dan ortiq shartnoma imzolagan. Kompaniya turli sohalardagi operatorlar va hamkorlar bilan hamkorlikda eng yangi texnologiyalarni sanoatda qo‘llash bo‘yicha keng tajriba orttirmoqda. Huawei 5G texnologiyalari, alohida premium-klass kanallari, intellektual bulutli tarmoqlar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari va bulutli hisoblashlarni birlashtirgan innovatsion XtoB yechimlarini taqdim etish orqali operatorlar uchun sanoatni raqamlashtirish bo‘yicha yangi imkoniyatlarni yaratishga intilmoqda.
MWC 2022 haqida
2022 yilgi Jahon Mobil Kongressi 28 fevraldan 3 martgacha Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tadi. Huawei kompaniyasi o‘z mahsulotlari va yechimlarini Fira Gran Via konferensiya markazining 1-zalidagi 1H50 stendida namoyish etadi. Global operatorlar, soha ekspertlari va fikr yetakchilari bilan uchrashuvimiz doirasida biz raqamli tarmoqlarning kelajagi, jumladan, sohaning rivojlanish yo‘nalishlarini, GUIDE kelajak tarmoq modeli va ekologik rivojlanish masalalarini muhokama qilamiz. Qo‘shimcha ma’lumotlarni saytimizdan, quyidagi havola orqali o‘tib olishingiz mumkin: https://carrier.huawei.com/en/events/mwc2022.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi