Xorijlik vatandoshlar Alisher Sultonov bilan hamkorlik qilmoqchi
Jamiyat
−
06 mart 2019
4983O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va "Buyuk kelajak" XNNT 2019 yil 5 martda o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida aytildi.
Hujjat Energetika vaziri Alisher Sultonov va "Buyuk kelajak" XNNT ijrochi direktori Zuhra Azimova tomonidan imzolangan.
Memorandumga muvofiq, “Buyuk kelajak” ekspertlari vazirlik bilan birgalikda mamlakat yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish, elektr energiya va neft-gaz sohalarini isloh qilish, yuqori darajali sanoat va ekologik xavfsizlikni ta’minlovchi zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda qayta tiklanadigan energiya manbalari va infrastrukturani qurish takliflarini ishlab chiqadi.
Shuningdek, “Buyuk kelajak” ta’limiy seminarlarni tashkil qilish, muzokaralarni o‘tkazish uchun yetakchi mutaxassislarni jalb qilish, qarorlar qabul qilish va boshqa masalalar bo‘yicha energetiklar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
"Buyuk kelajak" vazirlikka maslahat xizmatlarini beg‘araz tarzda ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, "Buyuk kelajak" XNNTning asosiy organi vatandoshlarni – xorijda muvaffaqiyatli ish tajribasiga ega mutaxassislarni birlashtiruvchi Ekspertlar kengashidir. Kengash xalqaro tajribalarni, turli sohalar va tarmoqlardagi xorijiy mutaxassislarning ekspert fikrlarini umumlashtiradi.
LiveBarchasi