“Xalq banki”ning Farg‘onadagi filialida 100 ming dollar pul yo‘qolib qoldi
Jamiyat
−
09 fevral 2019
7660Xalq bankining Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanidagi filialida 100 ming dollar naqd pul yo‘qolib qolgan. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, 2019 yilning 5 fevral kuni Yozyovon tumani IIB navbatchilik qismiga soat taxminan 23:40 larda Xalq banki tuman filiali boshqaruvchisi pul yo‘qolganligi aniqlangani to‘g‘risida xabar bergan.
Hozirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va prokuratura xodimlaridan iborat maxsus tergov guruhi tuzilib, voqea joyida tezkor surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan (juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi