GWM brendi yig‘ish liniyasini ishga tushirmoqda

Biznes

image

Kecha, 26 iyun kuni ADM Jizzakh zavodida yo‘lsizlik sharoitlari va shahar muhitida faol dam olish ishqibozlarining talablarini qondirish uchun mo‘ljallangan yangi off-road krossoveri bo‘lgan HAVAL DARGOʼning alohida yig‘ish liniyasi ishga tushirildi.

HAVAL DARGO oldingi DARGO X modeli bilan Qozog‘iston va Rossiya bozorlarida o‘zini namoyon qilishga ulgurgan bo‘lib, bu uning ajoyib xususiyatlari va jozibali narxi tufayli O‘zbekistonda e’tiborni jalb qilish uchun yuqori salohiyatga egaligidan dalolat beradi.

HAVAL DARGO‘ning ba’zi bo‘g‘in va agregatlari ADM Jizzakh multibrend zavodiga Great Wall Motor (GWM) kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi. HAVAL DARGO avtomobilining alohida yig‘ish liniyasi bu maxsus ajratilgan xodimlarga ega bo‘lgan 6 ta yig‘ish uchastkasidan iborat konveyerdir.

DARGO modelidan oldin M6, H6 va JOLION modelidagi avtomobillar umumiy liniyada yig‘ilib, bu yig‘ishning tezligiga ta’sir qilar edi. Endi esa ajratilgan alohida liniya tufayli M6, H6, JOLION va albatta DARGO modellari uchun yig‘ishning tezligi sezilarli darajada ortadi, bu esa GWM guruhiga mansub ko‘proq avtomobillarni yig‘ishga imkonini beradi.

ADM Jizzakh zavodida yig‘ilayotgan yangi HAVAL DARGO avtomobili xaridorlarga ikkita, ELITE va PREMIUM komplektatsiyalarida taqdim etiladi. 4 silindrli benzinli turbolangan dvigatel bilan jihozlangan DARGO, shuningdek, 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi va 4WD to‘liq privodli transmissiyani, mustaqil old podveska va optimal o‘tish qobiliyati uchun ikki dastakli mustaqil orqa podveskani taklif etadi. Off-road krossover ta’sirchan o‘lchamlari bilan ajralib turadi: uzunligi 4620 mm, kengligi 1890 mm (yon oyoq qo‘ygichlar bilan 1910 mm), balandligi 1780 mmga teng.

DARGO‘ning kabinasi qulayliklarga boydir: panoramali tom, ikki zonali iqlim nazorati, elektr sozlanuv, ventilyatsiya va massaj funksiyasiga ega charm qoplamali o‘rindiqlar, shuningdek, Apple CarPlay / Android Auto‘ni qo‘llab-quvvatlovchi 12,3 dyuymli ekranli multimedia tizimi, 10,25 dyuymli raqamli qurilmalar paneli va old oynadagi proyeksion displey.

DARGO, shuningdek, frontal, yon xavfsizlik yostiqchalarini o‘z ichiga olgan ilg‘or xavfsizlik texnologiyalari bilan jihozlangan. Ushbu yo‘ltanlamas avtomobil yuqori texnik xususiyatlarni, zamonaviy jihozlanishni va xaridorlarning keng qatlami uchun jozibador bo‘lgan so‘nggi urfdagi dizaynni o‘zida uyg‘unlashtiradi.

Ta’kidlash joizki, yaqin kelajakda O‘zbekistonning avtomobil bozorida premium toifali TANK brendining yo‘ltanlamas avtomobillarining paydo bo‘lishi kutilmoqda.

HAVAL krossoverlarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan haval.uz saytida tanishishingiz mumkin.

HAVALning axborot liniyasi: +998 (71) 287-88-88

E-mail | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made