Gvineya Prezidenti odamlar oldida vazirni kaltakladi (video)

Olam

Afrikadagi Gvineya davlatining Prezidenti Alfa Konde kuppa-kunduzi ko‘chada odamlarning ko‘z o‘ngida mamlakat Mehnat vazirini kaltakladi. Bu haqda “Milli Gazete” nashri xabar berdi.

Konde vazirning ishidan norozi bo‘lib, uni odamlar oldida ura boshlagan. Prezident amaldorning oldiga yugurib borib, bir necha marta musht tushurishga ulgurgan. Vazir esa davlat rahbarining qahridan qo‘rqib, avtomobillarning orqasiga yashirinishga uringan. 

Mazkur vaziyat yuzasidan rasmiy izohlar berilmagan.

Ma’lumot uchun, Alfa Konde 82 yoshda. U 2010 yildan beri Gvineyani boshqarib kelyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Al'fa Konde

Baholaganlar

389

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar