Gvardiola pulni behuda sarflayotgan yagona jamoani aytdi
Sport
−
07 may 2022
10366“Manchester Siti” bosh murabbiyi Hosep Gvardiola so‘nggi 10, 15 yoki 20 yil ichida pulni behuda sarflayotgan yagona klub sifatida “Siti”ni aytgan. Bu “Goal” nashri xabar berdi.
Shuningdek, Gvardiolaning qo‘shimcha qilishicha, g‘alabalarni sarflangan pullar orqali qo‘lga kiritish normal holatdir.
“Men doim oldinga intilaman. Meni nima baxtli qilishi to‘g‘risda o‘ylamay, bir yil ham yashay olmayman. Bilaman, odamlar faqat Chempionlar Ligasi, Chempionlar Ligasi va yana Chempionlar Ligasi unvonini talab qiladi. Biz buni bilamiz. Shuning uchun men “Manchester Siti”dan keta olmayman. Ayniqsa, hozir buning ilioji yo‘q.
Biz Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqsak, umid qilamanki, bu biz sarflagan mablag‘ tufayli bo‘ladi. Chempionlik hech qachon qilingan ishlar sababli kelmaydi. O‘ylaymanki, chempionlikni sarflangan pullar orqali qo‘lga kiritish normal holatdir. Biz oxirgi 10, 15 yoki 20 yil ichida pulni behuda sarflayotgan dunyodagi yagona klubmiz”, degan Gvardiola.
Ma’lumot o‘rnida, Gvardiolaning “Mancheter Siti” jamoasi Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalda “Real Madrid”ga 6-5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Natijada, “shaharliklar” bu yil ham Yevropaning futbol shohsupasiga chiqolmadilar.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi