Gvardiola dunyoning eng zo‘r klubini aytdi. Bu “Manchester Siti” emas
Sport
−
10 fevral 2022
7675Xosep Gvardiola o‘z jamoasini dunyoning eng yaxshisi deb atamadi
Ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola o‘zi boshqarayotgan “Manchester Siti”ni dunyoning eng yaxshi klubii deb atashni istamadi, biroq u jamoasini yaxshi ishlaganini tan oldi.
24-turda “Manchester Siti” Riyad Mahrez va Kevin De Bryune tomonidan urilgan gollar evaziga “Brentford”ni mag‘lub etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng, “shaharliklar”ning 2021-2022 yil mavsumda to‘plagan ochkolari soni 60 ta yetdi. Bu 2-o‘rindagi “Liverpul” jamoasidan 12 ochkoga ko‘proq.
“Brentford” qarshi uchrashuvda keyin, jurnalistlar ispaniyalik murabbiydan chempionlik poygasi haqida fikrlarini so‘rashdi: “Liverpul”ning zaxirasida ikkita o‘yin bor. Bundan tashqari, mavsum yakunlanishiga yana 14 o‘yin bor va ular bugungidan qiyin bo‘ladi”, deb chempionlik kurashi hali tugamaganligini ta’kidladi.
“Hammada raqobat kuchli. Biroq 60 ochko to‘plaganimiz hayratlanarli, biz hozirgacha ajoyib natijalarga erishdik”, deydi Gvardiola.
Shuningdek matbuot anjumanida, “Brentford” ustozi Tomas Frank “Manchester Siti”ni dunyoning eng kuchli klubi deb atagan.
“Biz dunyoning eng kuchli jamoasi emasmiz. Dunyoning eng kuchli jamoalari Chempionlar ligasini yutgan “Chelsi” va “River Pleyt” chunki ular Janubiy Amerika chempioni hisoblanadi. Biz uchun muhimi ertangi kun. Uch kundan keyin, “Norvich”ga borishimiz va g‘alaba qozonishimiz kerak.
Kim zo‘r ekanligi men uchun ahamiyatsiz. Shunchaki xursand bo‘ling va har kuni yaxshiroq o‘ynashga harakat qiling”, deya hamkasbining so‘zlariga javob qaytargan Gvardiola.
"Shaharliklar" ustozi Yevropaning eng nufuzli musobaqasi bo‘lgan, Chempionlar ligasida ham zafarli yurishlarini davom ettirish niyatida ekanligini ham bildirib o‘tgan.
“Bizda hozir 60 ochko bor va yaxshi pozitsiyadamiz. Bizning maqsadimiz, YeCHLda ham keyingi bosqichga chiqish. Undan keyin, APLda chempionlikni hal qiluvchi uchrashuvlarda jang qilish. Men bularni amalga oshirishni xohlayman.
Dam olgan futbolchilar bilan ham gaplashdim. Faqat ovqat, dam olish va mashg‘ulot sababi, uch kundan keyin Chempionlar ligasi doirasida Portugaliyaga safar qilamiz. YeCHLga hamma tayyor bo‘lishi kerak”, degan Xosep Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, YeCHL nimchorak finali doirasida Portugaliyaning “Sporting” klubi mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 16-fevral kuniga belgilangan.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi