Go‘zallik, g‘urur, g‘alaba! Pekin Olimpiadasi start oldi (fotoreportaj)

Sport

image

Bugun, 4 fevral kuni Xitoy poytaxti Pekinda XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan yagona o‘zbekistonlik sportchi Komiljon To‘xtayev ochilish marosimida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib chiqdi.

Paradni an’anaviy tarzda Olimpiya o‘yinlarining vatani vakillari – Gretsiya sportchilari boshlab berdi. Rossiya vakillari stadionga 46-raqam ostida kirdi. Musobaqa mezbonlari bo‘lgan Xitoy terma jamoasi paradni yakunlaydi. Olimpiadada 91 davlatdan kelgan 4 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ham ishtirok etmoqda. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh, BMT Bosh Assambleyasi Prezidenti Abdulla Shaxid, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhan Gebreyesus ham “Qush ini” milliy stadionda o‘tayotgan marosimga taklif qilingan.

Ma’lumot uchun, Olimpiadaning yopilish marosimi 20 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Pekindagi o‘yinlarda 7 ta sport turi (15 ta yo‘nalish) bo‘yicha 109 ta sovrinlar to‘plami o‘ynaladi. Shu tariqa Pekin ikki Olimpiadaga mezbonlik qilgan dunyodagi birinchi shaharga aylandi. 2008 yilda Xitoy poytaxti yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

105

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing