Guterrish va Erdo‘g‘an Anqarada muzokara o‘tkazdi
Olam
−
25 aprel 2022
4978Bugun, 25 aprel kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqarada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishni qabul qildi. Bu haqda “Anadolu agency” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Prezident majmuidagi uchrashuv matbuot uchun yopiq eshiklar ortida o‘tgan.
BMT matbuot xizmati Anqaraning ortidan BMT Bosh kotibining Rossiya va Ukrainaga borishini bildirdi.
“Guterrish Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish maqsadida 26 aprel kuni Moskvaga tashrif buyuradi, 28 aprel kuni esa Kiyevda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi rejalashtirgan”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Turkiya Prezidenti Ukraina Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. Tomonlar Ukrainadagi urush va muzokara jarayoniga oid masalalarni muhokama qilgan.
Turkiya rahbari vaziyat kundan-kunga qayg‘uli bo‘lib borayotganini ta’kidlab, yaradorlar va tinch aholini Mariupoldan evakuatsiya qilishni ta’minlash zarurligini ta’kidlagan. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Anqara Ukrainaga Rossiya bilan muzokaralar jarayoniga, jumladan vositachilik sa’y-harakatlariga barcha zarur yordam ko‘rsatishga tayyor.
Turkiya rahbari Ukraina uchun xavfsizlik kafolati bo‘lish masalasiga ijobiy qarashini ta’kidlagan.
LiveBarchasi