Guterrish G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini nazorat qilish uchun Misrga bordi
Olam
−
20 Oktabr 2023
5639BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish Misrning Sinay yarimoroli shimolida joylashgan El-Arish shahriga yetib bordi. Bu haqda “Al-Qahira al-Ihbariya” telekanali xabar berdi.
U ertaga, 21 oktyabr kuni Qohirada bo‘lib o‘tadigan mintaqadagi keskinlikni yumshatishga bag‘ishlangan sammitda qatnashadi.
Bungacha u Misrning G‘azo sektori bilan chegarasidagi Rafah nazorat-o‘tkazish punktiga borgan.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Guterrish Rafah orqali Falastin anklavidagi aholiga insonparvarlik yordami yetkazilishini shaxsan o‘zi nazorat qilmoqchi. U insonparvarlik yordami har kuni Rafah nazorat punkti orqali G‘azoga yetkazilishidan umid qilmoqda.
"Biz ushbu cheklovlarni aniqlashtirish uchun barcha tomonlar bilan faol hamkorlik qilmoqdamiz, shunda biz ushbu yuk mashinalarini kerakli joyga olib borishimiz mumkin. Bizga bu yuk mashinalarining tezroq harakatlanishi kerak. Ikki million odam juda qattiq azob chekmoqda. Suv ham, oziq-ovqat ham, dori-darmon ham, yoqilg‘i ham yo‘q. G‘azo omon qolishi uchun hamma narsaga muhtoj”, deydi BMT Bosh kotibi.
Guterrishning aytishicha, gumanitar yordam yuk mashinalariga ortilgan va harakatga tayyor.
“Ushbu yuk mashinalari hayot yo‘li. Ular ko‘p odamlar uchun hayot yoki o‘lim o‘rtasidagi farqdir”, deydi BMT rahbari.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Misr tomonidagi nazorat-o‘tkazish punktining o‘zida 150 dan ortiq yuk mashinasi G‘azo bilan chegarani kesib o‘tishga shay turibdi.
Shu bilan birga, Falastin ma’muriyatidagi manbaning ta’kidlashicha, ta’mirlash ishlari Rafahning ochilishi kutilganidan kechikishiga olib kelishi mumkin. AQSH ma’muriyati vakili esa chegara punktini ochishni Misr hal qilishi kerakligini aytgan.
LiveBarchasi