Go‘sht, baliq va kartoshka QQSdan ozod qilindi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2021
8401O‘zbekiston Prezidenti "O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.
Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, 2021 yil 10 oktyabrdan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olinadigan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekistonga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LiveBarchasi