Guruh nazoratchisi partaning tagiga nima qo‘yganiga izoh berildi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2020
18403Bugun, 5 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda test sinovlaridan so‘ng guruh nazoratchisi parta tagiga nimadir qo‘yib ketgani aks etgan video keng tarqaldi. Davlat test markazi vaziyatga oydinlik kiritdi.
Markazning ma’lum qilishicha, bu yerda hech qanday qoidabuzarlik holati mavjud emas. Guruh nazoratchisi parta tagiga telefon yoki shu kabi biror qurilma emas, balki tibbiy niqobni qo‘ygan, xolos.
Bir necha kun avval ham test sinovlari jarayonida savollar kitobchasi va telefondan foydalanish holatlari aks etgan tasvirlar tarqaldi. Bu kabi vaziyatalarga Davlat test markazi atroflicha munosabat bildirmay keldi.
2019-2020 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari jarayonida markaz tomonidan har kuni ma’lumotlar kunlik taqdim etilgan edi. Bu yilgi jarayonlarda biroz sustkashlik kuzatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi test sinovlari ochiq maydonlarda 2 smenada tashkil etilmoqda. Imtihonlar sentyabr oyining 16 sanasiga qadar davom etadi.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi