Gurlan hokimi o‘rinbosari baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi
O‘zbekiston
−
17 Mart 2023 25941 1 daqiqa
Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining o‘rinbosari Umidjon Jumagaldiyev baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 17 mart kuni Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining o‘rinbosari, tuman Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Umidjon Usmonboyevich Jumagaldiyev baxtsiz voqea oqibatida olamdan o‘tgan.
Umidjon Jumagaldiyev 1990 yilda Gurlan tumani Xazorasp qishlog‘ida tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2021 yilda tuman hokimi o‘rinbosari etib tayinlangan. Marhumning 3 nafar voyaga etmagan farzandlari bor.
Javohir Qadamov
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr