Gulistonlik saylovchilar O‘zLiDePning ta’limni rivojlantirishga oid tashabbuslarini yuksak baholashdi
Jamiyat
−
15 Oktabr
1722Guliston shahridagi Yoshlar markazida O‘zLiDeP raisi Aktam Hayitov sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashdi. Tadbirda partiya faollari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Aktam Hayitov O‘zbekistonda kambag‘allik ko‘lamini ikki karra kamaytirish, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilishning mahallabay dasturlarini ishlab chiqish, oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida imtiyozli kredit hajmini har yili 30 foizga oshirib borish O‘zLiDePning ustuvor vazifasi ekanini qayd etdi. Shuningdek, iqtisodiyotda davlat ishtirokini keskin qisqartirish, monopol sohalarni bozor tamoyillariga o‘tkazish kabi vazifalar ham partiyaning keyingi besh yillikdagi ustuvor vazifasi ekani aytib o‘tildi.
Tadbir qatnashchilari davlat tashkilotlaridan mustaqil bo‘lgan nodavlat “ta’lim auditi” tizimini joriy qilish, professional ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga erishish, yoshlarning “Top-100” global ro‘yxatga kirgan universitetlarda ta’lim olishi uchun valyutada uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar berish amaliyotini joriy etish bo‘yicha partiya o‘z zimmasiga olayotgan vazifalar mamlakat ta’lim tizimini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi e’tirof etildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar partiya saylovoldi dasturidagi vazifalar ahamiyatidan kelib chiqib, yaqinlashib kelayotgan saylovda O‘zLiDePga ovoz berishlari ta’kidlandi.
LiveBarchasi