Gulistondagi dorixonada janjal yuz berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston shahridagi dorixonalardan birida tunda bosqinchilik yuz bergani, sotilishi taqiqlangan dori so‘ralgani va bir kishini bosqinchilar mashinaga tiqib olib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 26 dekabr kuni sodir bo‘lgan.

Olib borilgan surishtiruv ma’lumotlariga ko‘ra, fuqaro D.R. turmush o‘rtog‘i betobligi sababli kerak bo‘lgan dorini do‘stlari oldida so‘ramaslik uchun farmatsevtdan yaqinroq kelishini talab qilgan. Shu vaqtda ular o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan.

“Protsessual harakatlar yakuniga ko‘ra, aybdorlarga qonuniy chora ko‘rilib, qonun ustuvorligi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

665

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing