Gulistonda YHXB xodimiga pora taklif qilgan xaydovchi qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida YHXB xodimiga pora taklif qilgan xaydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 27 yanvar kuni soat 15:00 da, Sirdaryo viloyati Guliston shahar 3-mavze hududida joylashgan jarima maydonchasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro A.F. safdor Sh.A. ga Labo rusumli avtomobilni jarima maydonchasidan chiqarib berish va rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma yo‘q qilishi evaziga pora taklif qilgan.

Haydovchi odim tomonidan bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramasdan, jarima maydonchasining qorovul xonasida 500 AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan. Fuqaro o‘sha vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyo bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, A.F. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing