Go‘dak farzandini qiynagan erkak garov evaziga ozod etildimi?

3-sahifa

image

Avvalroq, Jizzax shahrida go‘dak farzandini qiynagan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochilgani haqida xabar bergandik.

Ayni paytda erkak tegishli moddalarga ko‘ra, qamoqda saqlanmoqda. Ijtimoiy tarmoqda uning garov evaziga ozod etilgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga zid. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, erkakka nisbatan Jizzax shahar IIB tomonidan 2023 yil 21 dekabr kuni Jinoyat Kodeksining 110-moddasi (Qiynash) 2-qismi "a,b" bandlari, 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi va 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismiga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U protsessual tartibda ushlanib, hibsda saqlanmoqda. 

Shu bilan birga, erkak tomonidan bolaning onasiga muttasil tazyiq o‘tkazib kelingani inobatga olinib, 2023 yil 28 dekabrda onaga himoya orderi berilgan hamda uning va voyaga yetmagan farzandining xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing