Gruziyaning MDHdan chiqib ketgani noto‘g‘ri bo‘lgani aytildi
Olam
−
18 avgust 2019 5194 1 daqiqa
Gruziya parlamentining sobiq spikeri, muxolifat yetakchisi Nino Burjanadzening aytishicha, Tbilisi 10 yil oldin xatoga yo‘l qo‘yib, MDHni tark etgan. Bu haqda Vzglyad xabar bermoqda.
“Men mamlakatning MDHdan chiqishidan hech qanday foyda ko‘rmayapman. Gruziya eshikni qarsillatib yopdi. Siyosatda bunday qarorlar hech qanday foyda keltirmaydi", dedi Burjanadze.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Gruziyaga taalluqli "barcha muammolarni hal qilish" va Hamdo‘stlik rahbarlarini tushunish uchun MDHdan imkon qadar ko‘proq foydalanish kerak.
"Gruziya o‘z qarori bilan xatoga yo‘l qo‘ydi, chunki uning jamiyatda mavjudligi uning suverenitetini buzmadi. Bu faqat siyosiy qadam bo‘lib, endi biz Rossiya hukmronlik qiladigan sohadan chiqib ketganimizni ko‘rsatdi”, deya qo‘shimcha qildi Burjanadze.
Eslatib o‘tamiz, Gruziya 2009 yil 18 avgustda MDHdan rasman chiqib ketdi.
Live
Barchasi