Gruziyada 3 yashar bolaga hujum qilishdi

Olam

image

Tbilisi markazida ota-onasi va ukasi bilan ko‘chada ketayotgan uch yoshli bolaga ayol kishi pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda “EurAsiaDaily” xabar qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videolavhadan ma’lum bo‘lishicha, noma’lum ayol shaharning Pekin ko‘chasida ota-onasi bilan ketayotgan bolaga yaqinlashgan va sumkasidan pichoqni olib, yuziga bir necha marta urgan. 

Shuningdek, videolavhada aslida ayol ikkinchi bolaga hujum qilmoqchi bo‘lgani, ammo ota-onasi unga halal berganini ko‘rish mumkin. Tez yordam xodimlari jarohatlangan bolani shifoxonaga yetkazgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, uning hayoti xavf ostida emas.

“Bemorning ahvoli qoniqarli, u palatada. Klinikaga yotqizilganida, uning o‘ng yonog‘i kesilgan. Boladagi jarohatlarni birlamchi jarrohlik yo‘li bilan davolashgan. Bemor kelajakda plastik jarrohlik muolajalariga muhtoj bo‘lmasligi uchun qo‘limizdan kelganini qildik. Bugun u bo‘limda qoladi, ertaga biz unga javob bermochimiz", dedi yurak-qon tomir jarrohi Natiya Vasadze.

Ko‘p soatlik tezkor-qidiruv va tergov tadbirlari natijasida, ertalab Gruziya huquq-tartibot idoralari xodimlari voyaga yetmagan bolasini jarohatlashda ayblanayotgan ayolni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. U 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro bo‘lgan.

"Gruziya Ichki ishlar vazirligi xodimlari ayolni voyaga yetmaganga nisbatan og‘ir shikast yetkazganlikda ayblab hibsga olgan", deyiladi IIV xabarida.

Ayol 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing